14-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA)” – Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish loyihasi doirasidagi xalqaro konferensiyaga mezbonlik qildi.Konferensiyada Buyuk Britaniyaning Linkoln universiteti, Qozog‘istonning L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti va Baishev universitetlaridan bir guruh vakillari ishtirok qilishdi. Seminar-trening Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda ishtirokchilari tomonidan “PRESETT ingliz tilini o'qitish va o'rganishni ta'minlashni kuchaytirishda shaxsiy repetitorlikning roli”, “PRESETT o'qitish va o'rganish dasturlarida sun'iy intellektdan (AI) foydalanish”, “Inklyuziv ta'limni ta'minlash uchun PRESETT ingliz tili o'quv dasturini qayta ko'rib chiqishda ABC o'quv dasturi modelidan foydalanish” kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilinmoqda.Treningda faol ishtirok qilgan ma’ruzachilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.