Jumladan, ushbu jarayonda Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, Xorijiy filologiya hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetlari jamoasi ham faol qatnashdi.
Tadbirning maqsadi – bu tarixiy shaxslarning ruhini shod etish, ularning oila a'zolarini qo‘llab-quvvatlash va xotiralarini abadiylashtirishdan iborat.
➡️Tashrif davomida qatag‘on qurbonlari va jadidlarning oilalariga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning mehnatini qadrlash, yashab o‘tgan davrning og‘ir sinovlarida sabr-toqat va fidokorlik ko‘rsatganligi ta'kidlandi.
????Bu kabi tashriflar nafaqat tarixiy xotiralarni saqlash, balki jamiyatning o‘z tarixiga bo‘lgan hurmatini oshirishga ham xizmat qiladi.