Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!

Bugun, 21-fevral kuni Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi S.Sadullayev ishtirok etdi va mamlakatimizda  yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida alohida toʻxtalib, ilmda, akademik faoliyatda halol, adolatli boʻlish, korrupsiyaviy holatlarni, xavf-xatarlarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlarda faol boʻlish, bu illatga qarshi murosasizlik bilan kurashish hamda birgalikda yengish kerakligini ta'kidladi.

Shuningdek, huquqiy madaniyat va huquqiy ongni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasini oshirish borasida  kerakli tushunchalar berildi.