Bugun 15-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti "Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari" kafedrasida Ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarda o’qituvchi Allamov Raxmatulla Gulmirza ogli “GURLAN GILI ASOSIDA KERAMZIT OLISHNING SAMARADOR MASSA TARKIBLARI VA TEXNOLOGIYASINI YARATISH” mavzusida maʼruza qildi. Mazkur seminar davomida maʼruzachi Gurlan koni gilini keramzit ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Seminar davomida ishtirokchilar Gurlan koni gilini kimyoviy-mineralogik, granulometrik tarkibi va boshqa sifat xarakteristikalarini, gurlan koni gilining texnologik xossalarini hamda uni pishirish, Gurlan koni gili va istiqbolli mahalliy korrektirovkalovchi qo‘shimchalar kompozitsiyasida keramzit olishning samarador massa tarkibini yaratish yuzasidan qizg‘in fikr almashdilar. Seminarda professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar faol ishtirok etib, mavzu bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar.