ilmiy-nazariy seminar

Urganch Davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti " Ingliz tili va adabiyoti " kafedrasida 2025-yil 26-mart kuni 448-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi. Ilmiy-nazariy seminarda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda " Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Qurbanbayeva Nilufarning   "Tarjima jarayonida tillararo interferensiya va transpozitsiya" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar. "Ingliz tili va adabiyoti" kafedra mudiri Abidova Rohatoy Xudoyberganovna so'zga chiqib yosh tadqiqotchilarga ilmiy tavsiyalar berib o'tdilar. Kafedra ilmiy-nazariy seminarlarining tashkil etilishi va dolzarb ilmiy mavzularning muhokama qilinishi yosh mutaxassislar uchun yanada foydali bo'lishi ta'kidlab o'tildi.