Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va rahbariyatining kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlari tashkil qilish bo‘yicha tijorat loyihalarini ishlab chiqishga va amalga oshirishga ko‘maklashish yuzasidan 2025-yil 15-mart sanasida Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti o’qituvchilari Urganch shahridagi Mustaqillik MFYda yashovchi yosh tadbirkor F.Matchanovning quruq mevalarga qo'shimcha ta'm berish va qadoqlash yo'nalishidagi tadbirkorlik loyihasi bilan tanishib, yosh tadbirkorga marketing, soliqlar va soliqqa tortish tizimi hamda tadbirkorlik subyektida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.