UrDUda

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan 10-12 aprel kunlariga mo’ljallangan "Koreyashunoslik, ta'lim va innovatsiyalar" mavzusidagi xalqaro anjuman bo’lib o’tmoqda. Dastlab konferensiyaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 

Unda oliygoh Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Gʻ.Oʻrazboyev so’zga chiqib, konferensiyani ochib berdi va uning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, Koreys milliy-madaniy markazi direktori Antonina Kim hamda Xorijiy filologiya fakulteti dotsenti J.Ermetovalar so’zga chiqib, konferensiyaning bugungi kundagi ahamiyati, Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan grant loyihalari hamda yoshlarda chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqish to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Shundan so’ng, konferensiya o’z faoliyatini boshladi. Unda Rossiya va Qirgʻiziston oliy ta'lim muassasalaridan koreyalik mehmonlar, yurtimizning turli oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan bir guruh soha mutaxassislari hamda Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruzalar tinglanmoqda.

Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlari tomonidan namoyish qilingan badiiy chiqishlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Konferensiya o'z faoliyatini kunning ikkinchi qismida sho'ba yig'ilishlari orqali davom ettiradi.