Zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishuv

Bugun, 14-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida media sohasi vakillarini fakultet moddiy texnik bazasi bilan tanishtirish maqsadida media-tur tashkil etildi. 

OAV vakillari zamonaviy o'quv laboratoriyalariga tashrif buyurib, ulardagi ilg'or texnologiyalar, raqamli qurilmalar, dasturiy ta'minotlar va innovatsion jihozlar bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuv davomida har bir o'quv laboratoriya nazariy bilimni amaliyot bilan uyg'unlashtiruvchi, talabalarni real hayotga tayyorlovchi muhim zamin bo'lib xizmat qilayotgani qayd etildi. 

Ushbu media-tur Texnika fakultetining salohiyati, texnik ta'limdagi islohotlar hamda yosh mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarni yoritish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Muloqot davomida qatnashuvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.