Joriy yilning 13-18-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika fani bo'yicha V Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2025) bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada 56 ta oliy ta’lim muassasasidan 558 nafar talaba-yoshlar, jumladan, O‘zbekiston, Hindiston, Eron, Indoneziya, BAA, Polsha, Rossiya, Ruminiya hamda mezbon Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari talabalari o'zaro bellashishdi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu olimpiadada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabalari ham Matematik tahlil kafedrasi dotsenti J.Abdullayev va Amaliy matematika va matematik fizika kafedrasi o‘qituvchisi B.Fayzullayevlar rahbarligida faol ishtirok etib, jami 13 ta medallarni qo'lga kiritishdi. Xususan, individual tarzda 1 ta Oltin, 3 ta Kumush, 1 ta Bronza medallarga hamda jamoaviy hisobda universitetimiz ikkita jamoasi ham Kumush medallarga sazovor bo'lishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra, individual bellashuvda:
????Sherzodbek Saidov — 1-o'rin;
????Anvarbek Masharipov — 2-o'rin;
????Hojiakbar Sobirov — 2-o'rin;
????Chorshamov Rinatbek — 2-o'rin;
????Muslima Davronbekova — 3-o'rin.
Jamoaviy bellashuvda:
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti (1-jamoa a'zolari) – kumush medal:
????Rasul Kushnazarov;
????Anvarbek Masharipov;
????Muslima Davronbekova;
????Sherzodbek Saidov;
2-jamoa a'zolari ham kumush medallarni qo'lga kiritishdi.
????Rinatbek Chorshamov;
????Hojiakbar Sobirov;
????Nodira Nurmatbayeva;
????Mushtariy Rahimova.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasini, g'olib talabalarimizni hamda ularning ustoz-murabbiylarini ushbu xalqaro e’tirof va muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod qilamiz.