✅Bugun, 20-mart kuni Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti O'simliklarni himoya qilish, Biotexnologiya hamda Geografiya yo‘nalishlari 3-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens - nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova ishtirok qilib, talaba-yoshlar bilan mavzu yuzasidan suhbat olib bordi.
Shuningdek, uchrashuv davomida joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘yicha ham fikr-mulohazalarni bildirdi.