Bugun, 5-may kuni Urganch davlat universitetida ilmiy-tadqiqot ishlarining natijadorligi yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi. Unda yosh olimlar, jumladan, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, shuningdek, media sohasiga qiziqishi baland yoshlar hamda universitet Axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Ibragimov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Y.Jumaniyozovalar tomonidan ishtirokchilarga ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat, universitetda ilmiy ishlarning borishi, ilmiy salohiyatni oʻsishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar, shaxsiy ish rejalarning bajarilishi, xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari, shartnomalar, doktorant va yosh olimlarni stajirovkalarga joʻnatish masalasi, qolaversa, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi va ilmiy ishlardan kutilayotgan natijalar Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilganligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ilmiy etiketga amal qilish, ilmiy madaniyatni oshirish, bu borada xorijiy til bilish zaruratlari, ilmiy maqola va dissertatsiya yozishni oʻziga xos muhim jihatlari va bunda ilmiy rahbarning oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etilib, zarur tavsiyalar berildi.
Muloqot davomida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.