9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti jamoasi urush faxriylari va o’tganlarni xotiralash maqsadida ularning xonadonlarida bo’lishmoqda, shu bilan birga talabalar bilan turli uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazishmoqda.
Xususan, Xorijiy filologiya hamda Filologiya va san'at fakultetlarida uzoq va samarali faoliyat ko'rsatgan faxriy ustozlar Oltinoy Sharipova, Ozod Bekmatov va Shodmon Masharipovalarning xonadonlariga tashrif buyurishdi. Suhbat davomida talabalarga ustozning umr yo'li, boy ilmiy merosi, pedagogik faoliyati haqidagi xotiralari so'zlab berildi.