Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti)da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazilmoqda.
Har yili an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan matematika fani bo’yicha xotira turnirida viloyatimizdagi umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etishmoqda.
Bugun erta tongdan olimpiada ishtirokchilari kutib olinib, o‘quvchilarga olimpiadaning o‘tkazilish tartib-qoidalari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Olimpiadada viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarining 5-10 sinf o'quvchilari ishtirok etib, yosh matematikalar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazmoqdalar.