Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug' fazilatlaridan biri. Filologiya va san'at fakulteti professor-o'qituvchilari, tyutorlari talabalar bilan "9-may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ilm maydonida mardlik va jasorat namunasini ko'rsatgan insonlarni sharaflash,ularga g'amxo'rlik va e'tibor ko'rsatish maqsadida fakultetimiz faxriylarini yod olib, xonadonlariga tashrif buyurishmoqda. Faxriy ustozlar yodi bilan yaqindan tanishib, yaqinlari bilan suhbat olib borishmoqda.Ushbu kun munosabati bilan Urganch davlat universiteti jamoasi urush faxriylari va o’tganlarni xotiralash maqsadida ularning xonadonlarida bo’lishmoqda, shu bilan birga talabalar bilan turli uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazishmoqda.Xususan, bugun, 8-may kuni Filologiya va san'at fakulteti jamoasi va Filologiya va tillarni o`qitish:rus tili ta`limy o`nalishi talbalari birgalikda keksalarga hurmat koʻrsatish, ularning ibratli hayot yoʻli va ish tajribalari bilan oʻrtoqlashish maqsadida Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchisi muhtaram ustozlar Shodmon Masharipova, professor Xushnut Babadjanov, dotsent Galina Artikova,kata o`qituvchi Tamara Turumovalarning xonadonida boʻlib, ustozga ehtirom ko'rsatishdi.Tashrif jarayonida talabalar faxriy ustozlardan urush davri mashaqqatlari va mustaqillik davridagi tinchlik va osoyishtalik qadriga yetishning qanchalik muhim ekanligini yana bir bor anglab yetishdi.