UrDUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazilmoqda

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 12-16 may kunlariga moʻljallangan sun‘iy intellekt boyicha “Hisoblash statistikasi va mashinali o‘rganish bo‘yicha birinchi maktab: cheklangan aralashmani modellashtirish va modelga asoslangan klaster tahlili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz faoliyatini boshladi. Unda bir guruh xorijlik olimlar hamda Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etmoqda. 

Xususan, ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun Amerika Qo'shma Shtatlarining nufuzli oliygohlaridan professor-o’qituvchilar, jumladan, Volodymyr Melnykov, Semhar Michael, Shuchismita Sarkar, Igor Melnykov hamda Italiyaning Kataniya universitetidan Salvatore Ingrassia Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. 

Dastlab konferensiyaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.  Unda UrDU rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyazov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Zafarbek Ibragimov hamda AQShlik olim Volodymyr Melnykovlar so’z chiqib, mazkur konferensiyaning sun‘iy intellekt sohasi rivojidagi ahamiyatiga to’xtalishdi. 

Shundan so’ng, konferensiya ishining maʼruzalari boshlandi. 

Ayni paytda  “Modeling time-dependent proportions in a finite mixture setting”, “A state-restricted hidden Markov model for authorship attribution of the Deutero-Pauline and pastoral epistles”, “Gaussian mixture modeling and model-based clustering under measurement inconsistency”, shuningdek, “Mathematical modeling of cardiac regulatory mechanisms in the form of system of functional-differential equation with delay" kabi mavzularda xorijlik olimlarning maʼruzalari boʻlib oʻtmoqda.