O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi "Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag’al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to’g’risida"gi 18-son buyrug’i ijrosi yuzasidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan bepul tayyorlov kurslari tashkil etilgan.
Urganch davlat universitetiga Xorazm viloyatining Bogʻot, Gurlan hamda Qoʻshkoʻpir tumanlari biriktirilgan bo'lib, bugungi kunda jami 171 nafar bitiruvchi sinf o'quvchilariga 11 ta fandan universitet professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlov kurslari olib borilmoqda.
Xususan, Gurlan tumanida jami 10 ta fandan tayyorlov kurslari tashkil etilgan boʻlib, ushbu kurslar reja-grafik asosida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Kurslarning faoliyati universitet rahbariyati tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda. Jumladan, bugun, 12-may kuni Texnika fakulteti dekani M.Qurbonov tomonidan Gurlan tumanidagi 3-sonli maktabda tashkil etilgan tayyorlov kurslari jarayonlari koʻzdan kechirildi.
Fotolavhalarda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi D.Rajabovning Oʻzbek tili fanidan dars mashgʻulotlari aks etgan.