Bugun, 13-may kuni orkestr jamoasining navbatdagi konserti Ellikqal'a ixtisoslashtirilgan san'at maktabida bo'lib o'tdi.
Konsert dasturi Filologiya va san'at fakulteti San'at kafedrasi o'qituvchilari Umidbek Baltayev, “JAYHUN” orkestr jamoasi dirijori Inoyat Karimov boshchiligida olib borilib, turli musiqa asboblarida chalingan kuylar barchaning ko'nglini ko'tardi va ularga zavq bag'ishladi. Tadbir o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi, ularning madaniy-ma'naviy saviyasini oshirishga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar nafaqat musiqiy mahoratni namoyish etadi, balki o'quvchilarda san'atga bo'lgan mehrni yanada oshiradi.