Kelajakka qadam — bugundan boshlanadi!

Bugun, 14-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyatimizdagi barcha OTM lardan mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Respublika ishchi guruhi vakillari, xususan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo'lim boshlig'i B.Xolmirov, Markaziy bank raisining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi E.Ikromov, O'zMilliy bank "Kelajakka qadam" markazi kredit bo'limi kuratori F.Akmalov hamda oliygoh rektori v.v.b S.Xodjaniyozov tomonidan bitiruvchi talaba-yoshlar bilan muloqot borildi. 

Muloqot davomida o'z biznes loyihasini amalga oshirish istagida bo'lgan talabalarga "Kelajakka qadam" dasturining mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, turli sohalar bo'yicha biznes rejalar tuzish hamda tadbirkorlik bo'yicha kredit hujjatlar tayyorlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, universitet bitiruvchi bosqich talabalari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.