Ayni kunlarda Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham 2024/2025 o'quv yili bahorgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda. Jarayonlar ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadida ochiq ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari orqali nazorat qilib borilmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 452-son buyrugʻiga asosan, yakuniy nazorat turini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruh hamda yakuniy nazorat ishlarini baholovchi tajribali professor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantirilgan.
Shuningdek, jarayonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassislari tomonidan doimiy tarzda kuzatib borilmoqda.