“JAYHUN” xalq cholg’ulari orkestri tomonidan viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida targ'ibot konsert dasturlari davom etmoqda

Bugun, 15-may kuni orkestr jamoasining navbatdagi targ'ibot konserti Qo'shko'pir tumanidagi 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tdi.

Konsert dasturi Filologiya va san'at fakulteti San'at kafedrasi o'qituvchilari Umidbek Baltayev, “JAYHUN” orkestr jamoasi dirijori Inoyat Karimov boshchiligida olib borilib, turli musiqa asboblarida chalingan kuylar barchaning ko'nglini ko'tardi va ularga zavq bag'ishladi. Tadbir o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi, ularning madaniy-ma'naviy saviyasini oshirishga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar nafaqat musiqiy mahoratni namoyish etadi, balki o'quvchilarda san'atga bo'lgan mehrni yanada oshiradi.