Shoir va yozuvchi Erkin Samandar tavalludining 90 yilligiga bag’ishlab ilmiy-amaliy anjuman hamda ma'rifiy kecha tashkil etildi

Bugun, 17-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir va yozuvchi, "Do'stlik" ordeni sohibi Erkin Samandar tavalludining 90 yilligi munosabati bilan "Oʻzbek milliy adabiyotida Erkin Samandar ijodining o'rni va ahamiyati" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman hamda ma'rifiy kecha bo’lib o’tdi. 

Ijodiy kechada O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Filologiya va san’at fakulteti professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlari hamda E.Samandarning yaqinlari, shogirdlari va oila aʼzolari ishtirok etishdi. Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Z.Ibragimov  kirish so’zi bilan ochib berib, shoirning ijodiy faoliyati haqida to’xtalib o’tdi. 

Ilmiy-amaliy anjumanga Filologiya va san’at fakulteti dekani D.G’ayipov moderatorlik qildi. Tadbirda so’zga chiqqan mehmonlar shoir va yozuvchining umr yo’li, mehnat faoliyati, soha rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, insoniy fazilatlari haqida so’zlab, o’zining samimiy tilaklarini izhor etishdi.

Tadbir yakunida Filologiya va san’at fakultetining talaba-yoshlari tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar  barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Bunday uchrashuvlar adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlar qalbida ijodga mehr uyg‘otish va madaniy-ma’naviy rivojlanishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.