Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari jarayonlari yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Urganch davlat universiteti tomonidan Xorazm viloyatining Bogʻot, Gurlan va Qoʻshkoʻpir tumanlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tashkil etilgan bepul tayyorlov kurslari qizgʻin tarzda davom etmoqda. Ushbu kurslar yoshlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Xususan, Gurlan tumanining 3-sonli umumtaʼlim maktabida umumkasbiy fanlardan tayyorlov kurslari o'tkazilmoqda. Ushbu kurslar universitetning tajribali professor-oʻqituvchilari tomonidan reja-grafik asosida olib borilmoqda. Kurslar orqali o‘quvchilarga nafaqat umumkasbiy bilimlar, balki o‘zlarining kelajakdagi kasb va mutaxassisliklariga tayyorlanishga ko‘mak berilmoqda.
Bugun Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi S.Sitanov tomonidan navbatdagi Ingliz tili fanidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Darsda o‘quvchilarga ingliz tilining asosiy qoidalari, so‘z boyligini oshirish va muloqot qilish ko‘nikmalari o‘rgatildi. S.Sitanovning o‘ziga xos dars uslubi va metodikasi ishtirokchilarga bilimlarni oson va samarali tarzda egallash imkoniyatini yaratmoqda.