Bugun, 19-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari boʻlib oʻtmoqda.
Dastlab seminarni ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda oliygoh Birinchi prorektori D.Ibadullayev so’zga chiqib, tashkil etilgan bugungi seminarning dolzarbligi haqida toʻxtalib, trening faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan soʻng, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi O.Kozixonovaning “Odam savdosi: Zamonaviy tahdid va xotin-qizlar himoyasi”, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari M.Nurmatovaning “Ayollar migratsiyasi va odam savdosi: Chet elda ishlashdagi xavflar”, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari M.Qaxxarovaning “Xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish, buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etish mexanizmlari, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish masalalari” hamda Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U.Abdullayevaning “Onlayn muhitda xavfsizlik: Talaba-qizlar nimaga eʼtibor berishi kerak” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.
Seminarga pedagogika fanlari doktori, professor M.Mirsoliyeva moderatorlik qilmoqda.