UrDUda

Bugun, 22-may kuni Abu Rayhon nomidagi Urganch davlat universitetida Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti tashabbusi bilan "Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, muammolari va ularning innovatsion yechimlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda. Ushbu konferensiyada xorijiy hamda Respublika oliy ta’lim muassasalaridan professor-o’qituvchi hamda yosh tadqiqotchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etmoqda.

Dastlab konferensiyaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Oliygoh rektori v.v.b S.Xodjaniyazov anjumanni ochib berib, konferensiya faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so’ng, anjuman kun tartibidan o’rin olgan mavzular yuzasidan ma’ruzalar boshlandi. 

Jumladan, Udmurt davlat universiteti Tabiiy fanlar instituti xalqaro aloqalar bo'yicha direktor o'rinbosari Elena Ovechkinaning "Направления и перспективы сотрудничества УдГУ и УрГУ", shuningdek, Respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining “Mamlakatda "Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishda "Yashil" moliyalashtirishning ro’li”, “O'zbekiston flora va faunasını muhofaza qilish va uning istiqbolli yechimlari” va “Экологическое образование как основа устойчивого развития общества” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman o’z faoliyatini kunning ikkinchi qismida 5 ta sho’ba yig’ilishida davom ettiradi.