2025-yilning 8-10-may kunlari Xorazm viloyatining turizm salohiyati yugori bo‘lgan Xiva tumani “G’ovuk” mahallasida “Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallarda yangi turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish orqali kambag’al oilalari a’zolari daromadlarini oshirish” dasturiga muvofiq “Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarda aholini xalq hunarmandchiligi yo‘nalishidagi faoliyatini tashkil etish va suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari” mavzusida viloyat turizm boshqarmasi mutaxassislari va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Turizm” kafedrasi professor-o‘qituvchisi Nurbek Jobborov ishtirokida mahalliy aholi vakillariga qisqa o‘quv kurslari tashkil etildi. Tashkil etilgan o‘quv kursida mahalliy aholi vakillariga mahalliy xunarmandchilikning suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish orqali turistlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan Germaniya Italiya tajribasi bilan tanishtirildi, maxalliy imkoniyatlardan foydalangan holda suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali turistlarni jalb qilish yo‘llari yuzasidan davra suhbati amalga oshirildi.