Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan oʻtkazilgan videoselektr yigʻilishi, shuningdek, Bosh vazirning “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha majlis bayoni”ning 10-bandida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan bugungi kunda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti bilan hamkorlikda Xorazm viloyatidagi 5 ta oromgohda universitetning talaba-yoshlari haq toʻlanadigan amaliyotda faoliyat yuritmoqda.
Taʼkidlanganidek, hozirda Yangibozor tumanining “Al-Xorazmiy”, Urganch tumanining “Urganch”, Xonqa tumanining “Jayhun quyoshi”, Xiva tumanini “Xiva gulshani” hamda Qoʻshkoʻpir tumanining “Humo” oromgohlarida jami 34 nafar talaba tarbiyachi, yetakchi, sport murabbiysi, musiqa rahbari, oshxona xodimi lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning 3-iyun kuni Yangibozor tumanidagi “Al-Xorazmiy” oromgohining ochilish tadbiri oʻtkazildi. Unda UrDU Talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Q.Yoʻldoshev, universitet talabalari hamda “Jayhun” orkestr jamoasi oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Xususan, tadbirda Talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Q.Yoʻldoshev yoshlar uchun bunday joylarning ahamiyati haqida fikrlarini bildirib, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun oromgoh keng imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. “Jayhun” orkestrining jonli ijrosi hamda talabalarning chiqishlari tadbirga rang-baranglik bag‘ishlab, ishtirokchilar tomonidan iliq qabul qilindi.