Bugun, 13-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 2024/2025 o'quv yili uchun Lingvistika: nemis va fransuz tillari mutaxassisligi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o’tkazildi. Unda bitiruvchilarimiz 2 yil mobaynida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan magistrlik dissertatsiyalarini maxsus komissiya a'zolari oldida himoya qilishdi.
Ushbu himoya jarayonlarida DAK raisi sifatida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori J.Yaqubov hamda Namangan davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Z.Sodiqov ishtirok etmoqda. Maxsus komissiya a’zolari bitiruvchi talabalarning ishlarini chuqur o’rganib, ular tomonidan qilingan izlanish va tadqiqotlarni munosib va adolatli baholashdi.