Joriy yilning 20-21-iyun kunlari Xorazm viloyatini 2025-2026-yillar uchun kompleks rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” doirasida Urganch tumani 46-son umumta'lim maktabi binosida Urganch tumani hokimligi bilan hamkorlikda ish bilan band bo'lmagan aholi vakillari uchun tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida Biznes va boshqaruv kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan 2 kunlik "Tadbirkorlikka dastlabki qadam" nomli o'quv kursi tashkil etildi. O'quv kursi davomida ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish, bozor tahlili, marketing va tavakkalchilik bo'yicha ma'lumot oldilar.