Bugun, 28-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida keng jamoatchilik, OAV vakillari, blogerlar uchun 2025-yilning 1-yarim yilligi yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida Xorazm viloyati telekanali jurnalist va muxbirlari, Xorazm viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi mutaxassislari, “Xorazm haqiqati” gazetasi muxbirlari, “S-Ikbol” hamda "Sevimli" telekanallari muxbirlari hamda blogerlar ishtirok etdi.
Anjumanda UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori D.Ibadullayev, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Gʻ.Matlatipov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Y.Jumaniyozovalar tomonidan 2025-yilning 1-yarim yilligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.
Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.
Matbuot anjumani yakunida "27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan ochiqlik, shaffoflik va ijtimoiy masʼuliyat tamoyillariga sodiqligi, axborot maydonidagi faol ishtiroki hamda Urganch davlat universiteti faoliyatini keng yoritishdagi amaliy koʻmagi uchun bir guruh OAV vakillariga universitet jamoasi nomidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.