Bugun, 22-iyul kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov birinchi prorektor D.Ibodullayev hamrohligida viloyatimiz yoshlari bilan ochiq muloqot qildi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida rektor v.v.b. S.Xodjaniyozov yoshlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularni qiziqtirgan dolzarb masalalar, o‘quv jarayoni, bandlik masalasi, ilmiy faoliyat, xorijiy tillarni o‘rganish kabi ko‘plab yo‘nalishlardagi savollarga batafsil va asosli javoblar berdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, takliflari va muammolari diqqat bilan tinglandi. Shuningdek, yoshlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi, o‘z ustida ishlash, maqsadli harakat qilish, zamonaviy kasblarni egallash bo‘yicha motivatsion suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarga ishonch va ilhom bag‘ishlab, ularni faol hayotga chorlaydi.