Bugun, 28-iyul kuni Turkiya Respublikasi Pamukkale universiteti professori Turan Karadeniz Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Professor Turan Karadeniz “Bog‘larni changlatishda zamonaviy usullar” mavzusida seminar-trening o‘tkazib, meva yetishtirishda innovatsion yondashuvlar, changlatish texnologiyalari va agrotexnik imkoniyatlar haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar yakunida Meva-sabzavotchilik kafedrasi va Pamukkale universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi tajriba almashinuvi va qo‘shma tadqiqotlar uchun muhim qadam bo‘ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

.jpg)

.jpg)
.jpg)