Bugun, 13-avgust kuni 2025/2026-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining kirish sinovlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlgan Urganch davlat universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlib oʻtdi.
Oʻqishini Urganch davlat universitetiga koʻchirish istagidagi jami 5 nafar talabgor Sport faoliyati: futbol, basketbol hamda dzyudo kabi yo’nalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etishdi.
Imtihon jarayonlarining kamera kuzatuvida oʻtkazilganligi hamda jamoatchilik ishtiroki sinovlarning shaffofligini taʼminlashga xizmat qildi.
Maʼlumot uchun, bahosidan norozi bo'lgan talabgorlar uchun 14-avgust apellatsiya kuni etib belgilangan.