Bugun, 21-avgust sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o'quv yili qabul uchun imtihonlar boshlandi. Bugun 7-sinfga hujjat topshirgan yuzlab talabgorlar imtihonlarda ishtirok etdi.
Imtihon test shaklida o‘tkazildi:
Matematika fanidan – 20 ta test savoli;
Ona tili fanidan – 10 ta test savoli.
Imtihonda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni:
7-sinflar — 338 ta
8-sinflar — 194 ta
9-sinflar — 100 ta
10-sinflar — 74 ta
11-sinflar — 17 ta
22-avgust kuni soat 08:00 da 8, 9, 10 va 11-sinflar uchun imtihon jarayonlari bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.
Imtihonlarda qatnashish uchun nomzodlar o‘zlari bilan ruxsatnoma hamda tug‘ilganlik guvohnomasining asl nusxasini olib kelishlari lozim.
Barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
