2020 yilning 4 fevral kuni Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatining 2019 yil yakunlari va 2020 yilga belgilangan vazifalari yuzasidan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullaev, Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori Rashid Ro‘ziboev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori Maqsud Baydjanovning hisobotlari tinglandi. Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etdi.
UrDU matbuot xizmati.