Joriy yilning 19-20-iyul kunlari Xorazm viloyatini 2025-2026-yillar uchun kompleks rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” doirasida Bog'ot tumani 13-son umumta'lim maktabi binosida ish bilan band bo'lmagan aholi vakillari uchun tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida Biznes va boshqaruv kafedrasi o'qituvchisi H.Xudoyqulov tomonidan 2 kunlik "Tadbirkorlikni tashkil etish" nomli o'quv kursi tashkil etildi. O'quv kursi davomida ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish, tadbirkorlikni davlat ro'yxatidan o'tkazish, bozor tahlili va tavakkalchilik bo'yicha ma'lumot oldilar.