Yoshlar bandligi – ustuvor yo‘nalish!

Bugun, 28-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitet bitiruvchilarining bandligini ta'minlash, ularga mehnat bozoridagi real imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot berish, shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasining ustunliklaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi A. Shakarov, O‘zmilliybank AJ Xorazm viloyati bosh boshqarmasi Mahallabay ishlash va davlat dasturlarini moliyalashtirish bo‘limi loyiha menejeri U.Bekmanov, shuningdek, Xorazm viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari M.Atajanovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida shahar va tumanlar kesimida bo'sh ish o‘rinlari to'g'risidagi ma'lumotlar taqdim etildi hamda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va yoshlarda kelajak faoliyatlarini aniq rejalashtirishga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.