UrDUda viloyatdagi oliy va professional ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun, 16-sentabr kuni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar fakultetida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda professional taʼlim muassasalari direktorlarining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi.
 
Kun tartibidan bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, “Kelajakka qadam” loyihasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, talabalar turar joylaridagi mavjud sharoitlar, profilaktika inspektorlarining TTJlarga jalb etilishi kabi masalalar muhokama qilindi.
 
Yig‘ilish davomida Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov universitet talabalarining bandligini ta’minlash, kasbiy ta’lim muassasalari va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.
 
Yig‘ilish yakunida hokim o‘rinbosari S. Salayev kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
©️UrDU Matbuot xizmati