UrDUda O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma loyihasi doirasida barqaror transport va aqlli mahallalar bo‘yicha seminar-treninglar boshlandi

Bugun Abu Rayhon beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “2-RISMUz” Oʻzbekiston- Germaniya qoʻshma loyihasi doirasida O‘zbekistonda integratsiyalashgan barqaror mobillik bo‘yicha tadqiqotlar, Markaziy Osiyoda aqlli barqaror mahallalarni barpo etish va kelgusidagi loyihalar bo‘yicha uch kunlik seminar-treninglar oʻz ishini boshladi. Ushbu seminar barqaror transport tizimlarini rivojlantirish, transport xavfsizligini taʼminlash hamda logistika masalalariga bagʻishlanadi.

Seminarda loyiha rahbari, Berlin texnika universiteti professori Dr.-Ing. Vulf-Xolger Arndt boshchiligida bir guruh germaniyalik soha mutaxassislari hamda Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov, universitetning transport sohasi olimlari, talabalar, “Nurli hayot” mahallasi vakillari, viloyat transport bo‘limi, YPX va boshqalar tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. 

Bugun RESMiCA tadqiqotchilarining oraliq tadqiqot natijalari taqdimot qilindi. Xususan,  Nilay Behlav “Ommaviy transport yechimlari”, Nik Bennevitz hamda Nodirbek Shavkatovlar “Avtoturargoh boshqaruvi”, Sofi Bernard va Shohrux Inomjonovlar “Faol harakat turlari” mavzularida taqdimot qilishdi. 
Taqdimotlardan soʻng, manfaatdor tomonlar fikr-mulohaza almashdilar.