Bugun Urganch davlat universitetida “Bir makon – bir yo‘l: Barqaror yashil iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish, ta’lim va madaniy meros” mavzusida o'tkazilayotgan xalqaro konferensiya ochilish marosimidan so'ng, o'z faoliyatini plenar yig'ilishlar tarzida davom ettirdi.
Unda O‘zbekiston Milliy universiteti professori, akademik Anatoliy Sagdullayev, ISFT - Xalqaro moliya texnologiyalari instituti rektori maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev, Alfraganus universiteti rektori, Dr. Azizbek Ismoilov, Turkiyaning Aksaray universiteti rektori, professor, Dr. Alpay Aribas va boshqa yurtimiz va xorijning ko'plab tarixchi olimlari ma'ruza qilishdi.
Ma'ruzalar barqaror rivojlanishning turli yo‘nalishlarini qamrab olib, yashil iqtisodiyot, mintaqaviy taraqqiyot, ta’lim va madaniy meros kabi asosiy sohalarda dolzarb muammolar va ularning zamonaviy yechimlari muhokama qilindi.

.jpg)


.jpg)
.jpg)
