23-oktabr kuni “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Sapayeva Bibijon Rustamovna tomonidan 2504-B guruhi bilan birgalikda “Organizing Storytelling” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Mazkur ochiq darsning asosiy maqsadi talabalar nutq kompetensiyasini rivojlantirish, ijodiy fikrlash va hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida o‘qituvchi tomonidan hikoya tuzishning bosqichlari, strukturasi va kommunikativ vazifalari haqida ilmiy asoslangan tushunchalar berildi. Shuningdek, storytelling metodining til o‘rganish jarayonidagi interaktiv va motivatsion ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Talabalarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ular bilan rasmlar asosida og‘zaki matn tuzish, savol-javob mashqlari, hamda berilgan so‘zlar asosida qisqa hikoyalar yaratish va ularni tasvirlab berish kabi amaliy topshiriqlar bajarildi. Ushbu topshiriqlar orqali talabalar hikoya tuzishning asosiy bosqichlarini amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.