24-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Texnika fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari hamda bir qator tashkilot va korxona vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “AJ-UZ-SAEMyung Ko.” O‘zbekiston–Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi, “Elyor Engineer of the Future” MCHJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm magistral elektr tarmoqlari filiali vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga sohadagi mavjud ish o‘rinlari, ishlab chiqarish amaliyoti imkoniyatlari hamda korxonalarning kadrlar siyosati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash va oliy ta’lim bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini boyitish, shuningdek, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)