Bugun 21- oktabr talabalar turar joyiga kafedra professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Ular talabalarning yashash sharoiti, tozalik, tartib-intizom hamda umumiy muhitni o‘rganib, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida talabalarga O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan professor o'qituvchi ,dotsent Jumaniyazova D ma’ruza qildi. Ma’ruzada davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning qadri va yoshlar oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar oshxona tutish odobi, xonalarni ozoda saqlash, tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilish borasida foydali tavsiyalar berdilar. Talabalarga jamoaviy yashash madaniyati, hurmat va mas’uliyat muhimligi eslatib o‘tildi.
Tashrif yakunida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, professor-o‘qituvchilarga tashakkur izhor etdilar.