“Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining Urganch davlat universiteti bosqichi boshlandi

30-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Talabalar teatr studiyasi” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘z startini oldi.

Tanlovning ilk kunida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya, Xorijiy filologiya, Kompyuter injiniring hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetlari jamoalari o‘z sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar.

Talabalar o‘z aktyorlik mahorati, badiiy ijodkorligi va sahnadagi ishonchli chiqishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdilar.

Tanlov jarayonlari ertaga ham qolgan fakultetlar jamoalari ishtirokida davom etadi. Eng sara sahna chiqishlari g‘oliblik sari yo‘l oladi!