Urganch davlat universiteti – xalqaro ta’lim makonida ishonchli hamkor

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlar Samarqand shahrida o‘tkazilgan Yaponiya va O‘zbekiston rektorlar forumida ishtirok etdilar.

Forum doirasida Nagoya iqtisodiyot universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida akademik almashinuv bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu bitim ikki oliygoh o‘rtasida talabalar, o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotlar almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, universitet delegatsiyasi Yaponiyaning Nagoya universiteti va Sophia universiteti bilan ham o‘zaro foydali kelishuvlarga erishdi. Ushbu hamkorliklar UrDUning xalqaro nufuzini yanada oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar sifatini yuksaltirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.