Seminarda "Roman - german filologiyasi" kafedrasi o'qituvchisi Navruzova Mutabar Erkinbayevnaning "Ta’limda “STEAM” yondashuvi fanlararo integratsiya imkoniyatlari" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Seminarda STEAM yondashuvi orqali til o'rganuvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muammolarni tahlil qilish va amaliy yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali usullari haqida so‘z bordi.
Shuningdek, seminar davomida fanlararo integratsiyaning afzalliklari, ayniqsa chet tillarini o‘qitishda texnologiya, san’at va tabiiy fanlar bilan uyg‘unlashtirilgan dars modellarining afzalliklari misollar bilan tahlil qilindi.
Kafedra professor-o'qituvchilari va magistratura talabalari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi.