Xalqaro horijiy stajirovka

Fizika-matematika fakulteti, “Fizika” kafedrasi dotsentlari, Qurbonov Muzaffar Qadambayevich va Matyakubov Nosir Shihnazarovichlar, Janubiy Koreyaning Jeju milliy universiteti bilan tuzilgan shartnoma va taklifnoma xatiga asosan Jeju milliy universitetining Amaliy energetika tizimlari fakultetida ilmiy stajirovka o‘tash va tajriba almashish maqsadida 2024-yilning 1-noyabridan 1-dekabrigacha Janubiy Koreyaning Jeju shahriga o‘rtacha oylik maoshlari saqlangan holda xorijiy xizmat safariga yuborildi.