2024-yilning 15–21-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasidagi Sichuan universitetining taklifiga binoan, “Fizika” kafedrasi dotsenti Yakubov Komiljon Ruzmetovich hamda PhD talabalari Qurbanov Davron Shavkatovich va Bozorboyev Rustam Baxramboevich Chengdu shahrida ilmiy stajirovka o‘tashdi. Stajirovka “Quyosh panellariga turli tashqi omillarning ta’sirini kompleks o‘rganish uchun kompyuterda boshqariladigan uskuna ishlab chiqarish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Ushbu tashrif davomida olimlar Sichuan universitetiga qarashli Materialshunoslik va muhandislik kolleji instituti laboratoriyasida mavjud zamonaviy uskuna va jihozlar bilan tanishib, u yerda ilmiy seminar ham o‘tkazishdi.