“O‘zbekiston-Belarus” xalqaro ilmiy hamkorligi doirasida yangi loyiha muvaffaqiyatli rasman tasdiqlandi!

“O‘zbekiston-Belarus” xalqaro ilmiy hamkorligi doirasida yangi loyiha muvaffaqiyatli rasman tasdiqlandi! 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan FL-8824063312 raqamli “Havodagi uchuvchi organik birikmalar va chiqindi suvlaridagi organik ifloslantiruvchi moddalarni parchalash uchun Plazma yordamida kompozit katalizatorlarni sintez qilish metodini rivojlantirish” nomli xalqaro qo‘shma fundamental tadqiqot loyihasi “Fizika” kafedrasi dotsenti Matyakubov Nosir Shihnazarovich tomonidan muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu loyiha O‘zbekiston va Belarus olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va plazma texnologiyalari sohasida ilg‘or tadqiqotlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.