Talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

Tabiiy fanlar fakul’teti 4-son Talabalar turar joyi talabalari bilan, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, universitetda ta’lim-tarbiya jarayonining borishi, talaba-yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar va korruptsiyasiz ta’lim masalalari haqida suhbatlashildi. Uchrashuvda universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.R.Davletov, Tabiiy fanlar fakul’teti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Do‘schanov va Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi J.Raximovlar ishtirok etdi.