2020 yil 28 fevral kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida "O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" III Respublika tanlovining g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda universitetimizdan tanlov g‘oliblari Fizika-matematika fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Muhabbat Raximbaeva va Horijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zamira Ibragimovalar ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan diplom hamda rangli televizor bilan, Viloyat Ixtirochi ayollar uyushmasi raisi, Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Anorgul Atajonova O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Universitetimiz faxri bo‘lgan olima ayollarimizni yutuqlari bilan chin dildan qutlab, sog‘lik-omonlik va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!